Farruh Sayfiev: "Bizning guruh "o'lim guruhi" emas"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2019
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" (1:0) uchrashuvidan keyin Farruh Sayfiev mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Uyda o'ynadik va shu bois 3 ochko olishimiz kerak edi. Xudoga shukur, muxlislarni xursand qildik deb o'ylayman. Har bir o'yinda g'alaba qozonishga urinamiz", - deydi Farruh Sayfiev.

- Jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati qanday?
- Bizning guruhni "o'lim guruhi" deb atashmoqda. Lekin men bunday hisoblamayman. Biz guruhdan chiqishga qodirmiz.

Aziz To'xtamurdov yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia