

- "Obod"ni Mirjalol Qosimov boshqarishi mumkin degan gap-so'zlarni eshityapmiz. Bu vaziyatga oydinlik kiritib o'tsangiz.
- Agarda Mirjalol Qosimovdek murabbiy jamoamizga kelib ishlasa boshimiz osmonga etadiyu, ammo bu gapni birinchi marta sizdan eshitib turibman. Agarda qandaydir yangilik bo'lsa rasmiy saytimiz orqali bilib olasiz. Chempionatni endigina tugatdik. Qaytaraman: bunday insonlar jamoamizda ishlashsa biz juda xursand bo'lamiz, - deydi "Obod" jamoasi boshlig'i Farhod Safarov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.


