Farhod Abdullaev Qatarda VAR tizimi bo'yicha seminar o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
30 mar 2019
Qatarda VAR tizimini amalda qo'llash bo'yicha FIFA va IFAB seminari bo'lib o'tmoqda.

 Seminarda Argentina, Avstriya, Ozarbayjon, Chili, Kolumbiya, Kipr, Daniya, Ekvador, Misr, Gruziya, Gretsiya, Eron, Iordaniya, Malta, Meksika, Paragvay, Slovakiya, Tayland va Turkiya mamlakatlari vakillari ishtirok etishmoqda. Hamyurtimiz Farhod Abdullaev Manuel Navvaro (Shveytsariya), Mayk Vanderost (Gollandiya) va Subhiddin Mohd Solih (Malayziya) bilan birgalikda mazkur seminarni olib bormoqda.

Seminarni o'tkazishdan asosiy maqsad - VAR tizimi bo'yicha hakamlar va hakam yordamchilariga talim berishdan iborat. Seminarda shuningdek, VAR tizimini amalda qo'llash bo'yicha milliy associaciyalar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan besh bosqichdan iborat chora-tadbirlar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, VAR tizimi bo'yicha ishlaydigan hakamlarni FIFA instruktorlarini jalb qilgan holda 9 oy davomida o'qitish va ularga licenziya berish masalalari ko'rib chiqiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz