


"Neftchi" uchun eng og'ir o'ynlardan biri bo'ladi, deb o'ylayman. Sababi "Andijon" pozicion himoyada juda yaxshi va tartibli o'yin ko'rsatadi. Buni ular "Olimpik" va "Nasaf" bilan bo'lgan o'yinda ko'rsatishdi. "Neftchi" esa tezkor qarshi hujumlar bilan o'ynashga harakat qiladi. Levchenkoni bu uslubi "Istiqlol"da ishlaganida ham qo'l kelgandi, va Superligada ham birinchi uchta turda bu taktika ish berdi." Andijon" bu o'yinda "Neftchi" uchun bo'sh zonalar qoldirmaydi. Agar "Andijon" Nurillo To'xtasinovning chap oyog'ini yopa olsa, o'yinga bo'lgan rejani 50% bajaradi.
Taxmin: "Neftchi" tezkor gol urmasa, o'yin durrang bilan yakunlanadi. Agar "Andijon" gol ursa, g'alaba qozonadi",- deydi Abdumajit Toirov.



