Farfan Bekxemning klubiga o'tishi mumkin

Alisher
11 avg 2020
Perulik hujumchi Jefferson Farfan faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga "Nyu-York Siti", shuningdek Devid Bekxem egalik qilayotgan "Inter Mayami" klubi ham qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Moskvaning "Lokomotiv" klubi 5 avgustda Farfanning jamoadan ketganini e'lon qilgan edi, o'yinchi ayni damda erkin agent maqomida.

35 yoshli futbolchi joriy mavsum RPL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: AmericaTV