Fakt: "Loko" Arveladze qo'l ostidagi "Paxtakor"ni yutolmayapti

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018
Amaldagi chempion "Lokomotiv" "Paxtakor"ga qarshi oxirgi to'rtta o'yinda birorta g'alaba g'alabaga erishmadi.

"Paxtakor" Shota Arveladze qo'l ostiga o'tganidan so'ng "temiryo'lchilar" jami 4 marotaba "sherlar" bilan ro'baru kelishdi. Arveladze o'tkazilgan 4 uchrashuvda amaldagi chempion jamoaga yutqazgani yo'q.

"Paxtakor"ga gruziyalik mutaxassis kelganidan so'ng ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlaridagi natijalari quyidagicha: 2 g'alaba va 2 durang. To'plar nisbati: 6:1.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia