Fabian Ruis "Barselona" sabab "Real"ni rad etishi mumkin

Alisher
10 may 2021
"Napoli" xavbeki Fabian Ruis Ispaniya chempionatiga qaytishga yaqin.

25 yoshli futbolchida Madridning "Real" klubi bilan dastlabki kelishuv bor. Ammo, o'yinchining rejalari o'zgarishi mumkin, sababi Kataloniyaning "Barselona" klubi ham yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

Xavbek ko'proq "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishni xohlamoqda. Fabian Kataloniya jamoasida kelgusida o'sishi uchun ko'proq imkoniyatlar bo'ladi deb hisoblamoqda.

Ruis Sevilyaning "Betis" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Italiya chempionatida 2018 yildan beri o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es