"Eyr Fors" ustozi Ayub Odisho: "Toshkentga kech yetib keldik. Lekin o'z rejamizni amalga oshirishga harakat qilamiz"

Administrator
1 okt 2023
OCHL guruh bosqichi ikkinchi turidan o'rin olgan OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Anjumanning ikkinchi qismida iroqliklar ustozi Ayub Odisho va futbolchi Ibrohim Bayesh fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Muhim uchrashuv kutmoqda. O'yin darajasini ikki jamoa ham tushunib turibdi. OKMK ham, biz ham o'zimizga kerakli ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilgan"

- Jamoa Toshkentga juda kech yetib keldi va hali mashg'ulot o'tkazmadi. Bu degani ertaga tayyorgarliksiz maydonga tushadi. Sizni mazkur faktorlar havotirga solmayaptimi?

- To'g'ri. Lekin parvozdan oldin tongda mashg'ulot o'tkazganmiz. Bizda faqat maydon haqida tasavvurimizni to'liq qilib olishimiz qoldi, xolos. 

- Ertangi o'yinda natija ko'ngildagidek bo'lmasa, rahbariyat sizdan talab qiladi. Lekin bugungi o'yinga yetib kelishdan oldingi muammolar, parvozlar, tashkilotchilikdagi tushunmovchiliklar ta’sir qilishidan qo'rqmaysizmi?

- Ha biz kechidik. Lekin bizning o'z rejamiz bor. Buni amalga oshirishga harakat qilamiz. 

- OKMK haqida murabbiyda qanday tasavvur shakllangan va raqibni qanchalik o'rgangan?

- Avvalambor biz o'z jamoamizga ishonamiz. Biz raqibni xato qilishga majbur qilib, imkoniyatimizdan foydalanishga harakat qilamiz. 

Ibrahim Bayesh (futbolchi): - Bu muhim o'yinligini his qilib turibmiz. O'zbek jamoalari bilan yaxshi tanishmiz.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia