

Bu haqda "Tuttosport" xabar berdi.
Italiyaning "Napoli" va "Torino", Ispaniyaning "Sevilya" va Angliyaning "Tottenxem" klublari Kaseresga qiziqib qolishdi. 24 yoshli urugvaylik futbolchi bungacha Yevropada o'ynamagan.
Santyago Kaseres joriy mavsum "Amerika" jamoasi safida 17 ta o'yin o'tkazdi. Shuningdek, u muntazam ravishda Urugvay terma jamoasiga chaqiriladi, hozirga qadar u milliy jamoa libosida 9 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan.



