

Yevropada JCH saralashining guruh bosqichi o'yinlari yakunlandi. Italiya, Ukraina, Kosovo, Polsha, Daniya, Turkiya, Uels, Slovakiya, Chexiya, Albaniya, Bosniya va Gertsegovina hamda Irlandiya o'z saralash guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan holda o'tish o'yinlariga yo'llanma oldi.
Bu jamoalarga Millatlar ligasidagi eng yaxshi reytingga ega Ruminiya, Shvetsiya, Shimoliy Irlandiya va Shimoliy Makedoniya termalari qo'shilishadi. O'tish o'yinlariga qur'a 20 noyabr kuni o'tkaziladi. Yarim final o'yinlari 2026 yilning 26 mart, final esa 31 mart kuni o'tkaziladi.
Saralangan
1-savat: Italiya, Daniya, Turkiya, Ukraina
2-savat: Polsha, Uels, Chexiya, Slovakiya.
Saralanmagan:
3-savat: Irlandiya, Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Kosovo
4-savat: Ruminiya, Shvetsiya, Shimoliy Makedoniya, Shimoliy Irlandiya (millatlar ligasi)



