Yevropa top-klublari Zakariya uchun kurash olib borishmoqda

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2022
"Borussiya" Myonxengladbax yarim himoyachisi Denis Zakariya tez orada jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 25 yoshli futbolchi uchun "Liverpul", "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund davogarlik qilmoqda.

Myonxengladbaxliklar shveytsariyalik o'yinchini qishki transfer oynasi yopilgunga qadar sotishga tayyor, ammo xavbekning o'zi yozda erkin agent sifatida ketishni joiz deb bilmoqda.

Zakariya joriy mavsumda 17 o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Uning transfer narxi – 27 million evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN

O'xshash yangiliklar