Yevropa ligasi. “Lion” safarda “Everton”ni taslim etdi

Yevropa ligasining 3-turida “Lion” safarda to'p tepishiga qaramay “Everton”dan ustun keldi.

Uchrashuvning 6-daqiqasid Fekir penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, maydon egalari ikkinchi bo'lim o'rtalarida muvozanatni tiklashdi. Ammo 75-daqiqada Traore ajoyib gol muallifiga aylandi va jamoasining safardan muhim uch ochko bilan qaytishini taminladi.

Yevropa Ligasi. E guruhi. 3- tur

Everton –Lion 1:2

Gollar: 0:1 – Fekir – 6 (pen), 1:1 – Uilyams – 69, 1:2 – Traore – 75

Atalanta -Apollon L 3:1

Gollar: 1:0 – Ilichich – 12, 1:1 – Shembri – 59, 2:1 – Petanya – 64, 3:1 – Froyler – 66


E guruhidagi vaziyat:

1. Atalanta - 7 ochko;

2. Lion - 5;

3. Apollon - 2;

4. Everton - 1.



Manba: championat.asia