Yevropa ligasi. Emeri ketma-ket uchinchi bor Sevilyani yarim finalga olib chiqdi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2016
Sevilya Yevropa ligasi chorak finali javob bahsida Atletikni (1:2, penaltilar seriyasi – 5:4, birinchi o'yin – 2:1) mag'lub etdi.

Shunday qilib, Sevilya ustozi Unai Emeri klubni ketma-ket uchinchi marta ushbu musobaqa yarim finaliga olib chiqdi.

Oldingi ikki mavsumda 44 yoshli murabbiy boshchiligidagi Sevilya Yevropa ligasida g'olib chiqqan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com