Yevropa ligasi chorak finaliga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
17 mar 2017
Yevropa ligasi chorak final juftliklari ma'lum bo'ldi.

Qur'a tashlash marosimida Stokgolm (Shvetsiya) shahrida bo'lib o'tadigan Yevropa ligasi finali elchisi Patrik Anderson ishtirok etdi.

Chorak final juftliklari:

"Anderlext" - "Manchester Yunayted"

"Selta" - "Genk"

"Ayaks" - "Shalke-04"

"Lion" - "Beshiktosh"


Eslatib o'tamiz, ushbu juftliklar o'rtasidagi lik bahslar 13 aprel, javob uchrashuvlari esa 20 aprel kunlari bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia