Yevropa chempionati finaliga niderlandiyalik hakam tayinlandi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2021
11 iyul kungi Evro-2020 finalida Italiya hamda Angliya to'qnash keladi.

UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, ushbu hal qiluvchi bahs niderlandiyalik Born Kyoypersga ishonib topshirilgan. 

Hakam assistentlari: Sander van Rukel, Ervin Zeynstra (ikkisi – Nilerlandiya)

Zaxira hakami: Karlos del Serro (Ispaniya) 

VAR hakami: Bastian Dankert (Germaniya) 

VAR assistentlari: Pol van Bukel (Niderlandiya), Kristian Gittelmann (Germaniya), Marko Fritc (Germaniya).

Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com