Evrokuboklar. “Barsa” – “Napoli”, “Sevilya” – “Roma” va yana bir bahs o'tkazilmasligi mumkin

Eldor Akmurzayev
11 mar 2020
Evrokuboklar doirasida o'tadigan Ispaniya va Italiya jamoalari o'rtasidagi bellashuvlar koronavirus epidemiyasi tufayli o'tkazilmaslik xavfi mavjud.

Hozirda Ispaniya hukumati Italiya samolyotlarini mamlakatga kiritmaslik bo'yicha qaror qabul qilgan.

YCHL. 1/8. “Barselona” – “Napoli”

Shu bois, “Napoli”ning Kataloniyaga uchadigan samolyoti qo'nishga ruxsat olmaydi. Biroq, neapolliklar “Barselona”ga qarshi javob bahsida qatnashish uchun boshqa variantlarni ham qidirib ko'rmoqchi. Masalan, Italiya jamoasi Fransiya orqali Ispaniyaga uchishi mumkin. Avvalroq, mazkur bahs muxlislarsiz o'tishi ma'lum qilingandi.

Yevropa Ligasi. 1/8 final. “Sevilya” – “Roma”

“Roma”da esa yuqoridagi variant to'g'ri kelmasligi ma'lum bo'ldi. Rimliklar “Sevilya”ga qarshi bahsga Portugaliya orqali uchmoqchi edi, ammo mamlakat hukumati bunga rozilik bermagan.

Yevropa Ligasi. 1/8 final. “Inter” – “Xetafe”

“Xetafe” ham Italiyada koronavirusning tarqalish xavfi yuqoriligi bois Milanga bormoqchi emas. Jumladan, ispan klubi rahbari Anxel Torres "Juzeppe Meacca"dagi bellashuvga uchmasligini aytgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport