

"Evrodan oldin to'rt marotaba test topshirishdi. Muammo yo'q, odatiy jarayon. Kelamiz, boramiz, topshiramiz. Natijalar chiqdi, hammasi toza. Fyodor Smolovning omadi kelmadi, u ko'proq topshirdi.
Bahsdan oldin doping-oficerlar kelishadi, jarayonga ikkinchi shifokor Mixail Butovskiy javob beradi. Tanaffusda ikki jamoa vakillari uchrashishadi va qur'a orqali ikki kishini hamda ikki zaxira o'yinchisina tanlashadi. 75-daqiqada konvertlar ochiladi va bular kim ekanligini bilib olamiz. Ular analiz topshirishadi. Turnirda bir yangilik bo'ldi: Asosiy tarkibga kirgan futbolchidan doim analiz olinadi. Avvallari bu shart emasdi" - deydi Bezuglov.



