Evro-2024. "Qizilqum" ustozi Jamshid Saidov: "Futbolchilari APLning grand jamoalarida o'ynaydigan Shotlandiya kutilmagan natija qayd etishi mumkin"

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2024
"Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov Germaniya yashil maydonlari mezbonlik qiladigan Yevropa chempionati oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

"Angliya terma jamoasiga muxlislik qilaman. Bundan tashqari tarkibida APL grand jamoalari safida harakat qiladigan Shotlandiya kutilmagan natijaga erishishi mumkin, ular Skott Maktominey, Endryu Robertson, Jon Makginn, Che Adams  va boshqalar. 

Birinchi ko'rgan Yevropa chempionatim esimda yo'q. Lekin eng esda qolarlisi Evro-2008 bo'lgan. Rossiyaning yulduzli Niderlandiyadan ustun kelishi, Turkiyaning guruhdan yuz foizlik natija bilan chiqqan Xorvatiyani chorak finalda uyiga jo'natishi va bronza medallariga ega chiqishi esda qolarli lahzalarni taqdim qilgan. 

Chempionlik uchun asosiy davogar Angliya terma jamoasi. Tarkibdagi ko'p futbolchilar APLda yuqori darajada barqaror o'ynashmoqda", - deydi Jamshid Saidov.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia