

Juma oqshomida Sankt-Peterburg shahrida Shveytsariya va Ispaniya terma jamoalari Yevropa chempionati yarim final yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda.
"Qizil furiya" sakkizinchi daqiqadayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Xordi Albaning zarbasidan keyin Denis Zakariya to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi.
Evro-2020'da avtogollar soni bo'yicha g'ayritabiiy natija qayd etilmoqda. Denis Zakarianing goli jamoasiga xursandchilik keltirmaydigan 10-gol muallifi bo'ldi. Turnir tarixida bu natija antirekord sanaladi.



