Evro-2020 ramzi 24 mart kuni taqdim etiladi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2019, 14:43
Sankt-Peterburg gubernatori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Aleksandr Beglov 2020 yilda o'tkaziladigan Yevropa chempionati ramzi bir necha kundan so'ng e'lon qilinishini aytdi.

Beglovning aytishicha, Evro-2020 ramzi 24 mart kuni taqdim etiladi. Hozircha u nima ekanligi sir tutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionati boshlanishidan roppa-rosa bir yil oldin 2019 yilning 19 iyunida chiptalar sotuvga chiqadi. 21 mart kuni turnir saralash o'yinlari boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com