"Evro-2020 kundaligi". Uels - Shveytsariya uchrashuvi va "A" guruhida 1-turdan keyingi vaziyat haqida

Og'abek Samisov
12 iyun 2021, 20:20
Intiqlik bilan kutgan Yevropa chempionatining 1-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda.

"A" guruhida esa Uels - Shveytsariya o'yinidan keyin 1-tur o'yinlariga yakun yasaldi. Xo'sh, mazkur guruhda ayni vaqtda vaziyat qanday?

Ushbu guruhning, shuningdek, turnirning ilk o'yini sifatida qayd etilgan Turkiya - Italiya terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuvda 0:3 hisobi qayd etildi va unda italyanlar g'alaba qozonib, 3 ochkoga ega chiqishdi. Mazkur o'yin haqida atroflicha tafsilotlarni avvalroq yozgan edik

12 iyunga belgilangan uchrashuvlar qatoridan o'rin olgan Uels - Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi bahs ham o'z nihoyasiga etdi. O'yindan avval muxlis-u, mutaxassislar ushbu uchrashuvda aniq biror jamoani oldindan favorit deyish mushkulligini takidlashgan edi. Bu gap-so'zlar o'z tasdig'ini topdi - har ikki jamoa ham o'zaro o'yinda durangga imzo chekishdi. 

1-bo'limda ko'p ham xavfli vaziyatlar bo'lmadi. Birozgina zerikarli futbol bo'ldi ham deyish mumkin. Bo'limning so'nggi daqiqalarida Seferovichning Uels terma jamoasi darvozasi tomon bergan zarbasini aytmaganida, boshqa esda qolalarli vaziyat bo'lmadi. 

2-bo'limning ilk daqiqalarini esa shveytsariyaliklar faol boshlashdi va hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. O'yinning 48-daqiqasida Shakirining etkazib bergan to'pini Embolo boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi va hisobni ochdi.

Shundan so'ng ushbu natija xavfliligini bilgan shveytsariyaliklar yanada oldinga borishgan bo'lsa, Uels termasi a'zolari ham jim qarab turishmadi. Bir qator xavfli hujumlardan so'ng esa britaniyaliklar ham o'z maqsadiga erishishdi. 74-daqiqada Morrelning oshirib bergan zarbasidan so'ng boshini boylab olgan Mur boshi bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi - 1:1.

Mazkur gol esa barchasini yana qaytadan boshlash imkonini berdi biroz bo'lsa ham. 85-daqiqaga kelib hatto gol ham urildi shveytsariyaliklar tomonidan. Shveytsariya terma jamoasi futbolchisi Gavranovich raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. Ammo u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga etdi.

Mazkur o'yinning eng yaxshi futbolchisi deya Shveytsariya terma jamoasi a'zosi Brel Embolo deb topildi.

A guruhida 1-tur o'yinlaridan so'ng peshqadam Italiya bo'lib turibdi. Shuningdek, Shveytsariya va Uels terma jamoalarida 1 ochkodan mavjud bo'lsa, Turkiya terma jamoasida birorta ham ochko bo'lmagan holda, guruhda oxirgi o'rinda bormoqda. 

12 iyun kuni, shuningdek, "B" guruhidan o'rin olgan 1-tur o'yinlari ham o'tkaziladi. Mazkur natijalar esa o'yinlardan so'ng batafsil to'xtalamiz.


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia