Evro-2016 guruh bosqichi o'yinlari uchun eng arzon chipta narxi 25 evro

Aslanov Jasurbek
12 may 2015, 17:13
UEFA 2016 yilda Fransiya maydonlarida bo'lib o'tadigan Yevropa chempionati chiptalari narxini e'lon qildi.

Chipta sotuvining birinchi bosqichida 10 iyundan 10 iyulgacha 1 mln chipta sotiladi va so'rovlar 12 maydan qabul qilinadi.

Muxlislar uchun to'rt toifa biletlar chiqariladi. Guruh bosqichi uchun chiptalar narxi 25 dan 145 evrogacha, yarim finalga 65 dan 495 evrogacha, final uchun 85 dan 895 evrogacha, ochilish uchrashuv uchun 75 dan 595 evrogacha bo'ladi.

UEFA matbuot-xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, 800 ming chipta turnirda ishtirok etuvchi jamoalarga tarqatiladi, 1 mln chipta esa boshqa mamkalat fuqarolariga nasib etadi. UEFA "Evro uchun 20 ming tabassum" xayriya akciyasi doirasida kamtaminlangan bolalarga 20 ming chipta tarqatadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com