"Everton"ga qarshi o'yinda Kloppga shisha uloqtirishdi

Оқил Абдубарноев
4 sen 2022, 23:11
APL doirasida "Everton" - "Liverpul" uchrashuvida mersisaydliklar ustozi Yurgen Kloppga mezbon jamoa muxlisi tomonidan shisha uloqtirilgan.

"Gudison Park"da shisha murabbiyning ortidan otilgan va unga tekkanligi aytilmoqda. Voqea ikkinchi bo'lim o'rtalarida sodir bo'lgan. "Everton"ga qarshi hakamning qaroridan norozi bo'lgan muxlislardan biri yuqoridagi harakatni amalga oshirgan bo'lsa, yana bir "Everton" muxlisi maydonga, Entoni Teylor qarshisiga yugurib chiqdi.

Voqea oqibatida Kloppga zarar etmagan. Shisha uloqtirgan va maydonga yugurib chiqqan tomoshabin esa noma'lum muddatga stadionga kirish huquqidan mahrum bo'ladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Talksport