"Everton"ga "Manchester Siti" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko "Everton" qiziqishlari doirasida.

Ayni damda Mersisayd klubi "Brayton" himoyachisi Mark Kukurelyani tarkibga qo'shib olish ishlarini davom ettirmoqda. Agarda bu ish muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, klub 25 yoshli ukrainalik himoyachi variantiga to'xtaladi.

Oldinroq Zinchenkoga A Seriyaning top-klublaridan takliflar borligi aytilayotgandi.

Yakunlangan mavsumda Zinchenko APLning 15 o'yinida qatnashib, 4 golga assist bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal