"Everton" "Yuventus" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
29 apr 2021
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Merix Demiral faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Everton" klubi qiziqish bildirmoqda va angliyaliklar tez orada "Yuventus"ga 25-30 million evrolik bitim taklif qilishadi.

23 yoshli turkiyalik himoyachi "Yuventus"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi, futbolchi bu vaqt davomida Italiya klubida barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Demiralning "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/86_longo