"Everton" va Runining "Apollon"ga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
28 sen 2017
Bugun Yevropa ligasida ikkinchi tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Angliyaning "Everton" klubi Kiprning "Apollon" jamoasini qabul qiladi. Ronald Kuman shogirdlari kiprliklarga qarshi o'yin oldidan kecha mashg'ulot o'tkazishdi.

Yevropa ligasining 1-turida "Atalanta"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3)dan keyin Kuman jamoasi bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushadi.

Raqib Kipr klubi ekanligini inobatga olsak, "Gudison Park"ka tashrif buyuradigan muxlislar gollar shousini ko'rishlari ham mumkin.

APL oxirgi turida "Bornmut"ga qarshi o'yinda chap ko'zi qonab ketgan Ueyn Runining sog'lig'i joyida va u maydonga tushishi mumkin.

"Irislar"ning yangi o'yinchilari Devi Klassen va Gulfi Sigurdsson.




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia