“Everton” Sigurdsonning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2017
“Suonsi” yarim himoyachisi Gyulfi Sigurdsson faoliyatini “Everton”da davom ettiradi.

Tomonlar bu borada yakuni qarorga kelishdi. 27 yoshli islandiyalik futbolchi uchun “Everton” bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda 45 million funt to'laydi.

Ertaga futbolchi “Everton”da tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph журналисти Жон Перси твиттери