"Everton" "Roma" himoyachisi Manolasni xarid qilishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2017
"Roma" himoyachisi Kostas Manolas faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Liverpul shahri klubi 25 yoshli gerciyalik futbolchini xarid qilish borasida transfer taklifini yuborgan. "Everton" bosh murabbiyi Ronald Kuman Manolasni qishki transfer oynasining eng muhim xaridlaridan biri deb hisoblamoqda.

Manolas 2014 yilda "Olimpiakos"dan "Roma"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u A Seriya o'yinlarida 15 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports