"Everton" Ore bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
23 sen 2021
"Everton" klubsiz yurgan himoyachi Serj Ore bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Ko'klar" tez orada futbolchi bo'yicha taklif berishadi.

"Everton" bosh murabbiyi Rafael Benites jamoaning himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Bundan tashqari, klub himoyachining APLdagi tajribasini qadrlaydi.

Eslatib o'tamiz, Orening so'nggi klubi "Tottenxem" bo'lgan edi. U "shporlar" tarkibida 2017-2021 yillarda o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Liverpool Echo