"Everton" "Inter" futbolchisini sotib olmoqchi
Tolibjon Qosimov
15 iyun 2017
"Football Italia"ning ma'lum qilishicha, Angliyaning "Everton" va Italiyaning "Inter" klublari yarim himoyachi Marselo Brozovichning transferi borasida muzokaralar o'tkazishdi.
"Neradzurrilar" yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti xorvatga umid bildirmayapti. Qo'shimchasiga, milanliklar transfer uchun ko'proq pul olishmoqchi.