"Everton" "Arsenal" va "Tottenxem" bilan "Lacio" o'yinchisi Korrea uchun kurashadi

Alisher
26 iyul 2021
"Lacio" yarim himoyachisi Xoakin Korrea faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchi Italiya klubidan transferi borasida so'radi.

Argentinalik o'yinchi uchun APL klublari davogarlik qilmoqda - "Tottenxem" va "Arsenal". Endi kurashga "Everton" ham qo'shildi.

Korrea o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport