"Everton" 16 yillik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2025
Sheymus Koulmen "Everton" bilan shartnomasini uzaytirdi.

36 yoshli irlandiyalik futbolchi yana bir mavsum mobaynida "Everton" tarkibida o'ynaydi.

Koulmen "Everton"da 17 mavsum o'tkazadi. U 2009 yili "Slaygo Rovers"dan 60 ming funt evaziga Liverpul klubiga o'tgandi.

U jamoa tarkibida APLning 369 o'yinida maydonga tushib, klub rekordini o'rnatgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: evertonfc.com