

2015/16 mavsumning ikl turida, "Suonsi Siti"ga qarshi bahsda (2:2) o'sha payt ko'klar ustozi bo'lgan Joze Mourinyo tibbiy shtab xizmatlaridan norozi bo'lgan. Eva "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azarga yordam ko'rsatish uchun maydonga chiqqan paytda, Mourinyo etiroz bildirib, u g'alaba qozonish uchun kerak bo'ladigan vaqtni olayotganini aytgan. O'sha voqeadan so'ng uni ishdan haydab yuborishgan.
"Futbolga qaytish uchun takliflarni rad etdim. To'g'risini aytsam, bir yil futbol o'yinlarini ko'ra olmadim. "Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi Chempionlar ligasi finali o'tgan yili men ko'rgan yagona bahs bo'ldi. Juda qiynaldim. Hammasi to'yim o'tishi kerak bo'lgan sanadan oldin yuz berdi. Ammo hammasidan voz kechishga to'g'ri keldi" - deydi Karneyro.
2016 yilning iyunida "Chelsi" Karneyro bilan uning sud ishi bo'yicha kelishuvga erishganini ma'lum qildi, hamda rasman uzr so'radi.



