"Eurosport" jurnalistlari "Oltin to'p"ga asosiy davogarlarni aytishdi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2022
Mashhur nashr vakillari bu yilgi "Oltin to'p" sovriniga asosiy davogarlar nomini ma'lum qilishdi.

Jurnalistlarning fikricha, ayni paytda "Real Madrid"ning 34 yoshli hujumchisi Karim Benzema mukofot uchun kurashda favorit hisoblanadi.

Ikkinchi o'rinda "Bavariya" futbolchisi Sadio Mane qayd etilgan bo'lsa, kuchli uchlikni "Liverpul"ning misrlik o'yinchisi Muhammad Saloh yakunlab berdi.

Kuchli beshlikka PSJ futbolchisi Kilian Mbappe va "Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius Junior kiritilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Eurosport