Eto'O: "Oltin to'p"ni kim olishi kerak? Men"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2021
Kamerunlik mashhur hujumchi Samyuel Eto'O joriy yilgi "Oltin to'p"ni kimga berilishi kerakligini aytdi.

"Oltin to'p ni kim olishi kerak? Men. Albatta, hazil. Ishonamanki, Leo Messi, - dedi Eto'O Qatarda jurnalistlar bilan uchrashuvda. - Men uchun u har doim eng zo'ri bo'lib kelgan. Ham o'yinchi, ham shaxs sifatida. Uning istedodi aql bovar qilmas darajada. Qolaversa, o'g'lim Messiga muxlislik qiladi. Karim Benzema ajoyib mavsum o'tkazdi, menga uning o'yini, gollari yoqadi. Lekin men uchun Messi doim birinchi raqamli hisoblanadi", - dedi kamerunlik futbolchi.

34 yoshli Messi "Barselona"dan PSJga o'tganidan so'ng ushbu mavsumda klub safida barcha turnirlarda 6 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт-Экспресс