Eto'O: “Afrikalik bo'lgani uchun ular Oltin to'pni qo'lga kirita olmaydi”

Eldor Akmurzayev
14 sen 2019
Bir necha kun oldin futboldagi professional faoliyatini yakunlagan 38 yoshli hujumchi Samuel Eto’O Liverpul forvardlari Muhammad Saloh hamda Sadio Manening Oltin to'p uchun imkoniyati haqida fikr bildirdi.

“Afrikaliklarga nisbatan xurmat ko'rsatilmasligi aniq. Yanglishgan bo'lishim ham mumkin, lekin, Mane va Saloh Oltin to'pni qo'lga kirita olmasligi turgan gap. Shu bilan birga Mane, Saloh (va Obameyang) APLning o'tgan mavsum to'purarlari bo'lishdi. Agar ular so'rovnoma natijasida kuchli beshlikdan o'rin olmaydigan bo'lsa, unda buni mantiqan izohlab bo'lmaydi. Ronaldu hamda Messi? Ular mahoratli futbolchilar. Biroq, bu yil YCHLda Mane hamda Saloh zafar quchgan”, – deydi Eto’o.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com