Eshli Yang: "Eriksenni yana maydonda ko'rish yoqimli"

Alisher
28 fev 2022
"Aston Villa" himoyachisi Eshli Yang o'zining twitter'dagi sahifasida daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenning maydonga qaytishi haqida yozdi.

Eshli katta futbolga qaytgan do'sti uchun juda ham xursand ekanligini yozgan. Uning qayd etishicha, Eriksenni yana maydonda ko'rish yoqimli.

Eslatib o'tamiz, daniyalik "Brentford" va "Nyukasl" jamoalari o'rtasidagi o'yinning ikkinchi taymida zaxiradan maydonga tushdi.

Eriksen o'tgan yilning yozida Yevropa chempionati o'yini vaqtida yuragi to'xtab qolgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/youngy18