Eshli Koul va Nayjel de Yong Los-Anjeles Gelaksiga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2016, 10:30
Los-Anjeles Gelaksi Yevropadan uch nafar futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Los Angeles Times nashri xabariga ko'ra, Eshli Koul (Roma), Yelle van Damm (Standard) va Milan yarim himoyachisi Nayjel de Yong AQSH klubiga ko'chib o'tadi.

Koula ayni paytda erkin agent maqomida va seshanba kuni uning transferi haqida rasman xabar berilishi mumkin. De Yong esa yaqinda Milan bilan kelishuvni bekor qiladi va AQSHga yo'l oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: latimes.com