Eshli Koul Ronaldu haqida: "U sabab qo'rqinchli tushlar ko'rardim"

Aslanov Jasurbek
25 mar 2024
Eshli Koul Krishtianu Ronalduga qarshi o'tkazgan o'yinlarini esga oldi.

"Bir necha yil davomida Krishtianu Ronaldu bilan jiddiy to'qnashuvlar bo'lgan, ammo shunga qaramay bir-birimizni hurmat qilamiz. U APLga kelganida mashhur emasdi, ammo tez orada top futbolchi bo'lish uchun nima kerakligini tushundi. U o'rganish va ko'nikishni boshladi. Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni xohlardi va u mashinaga aylandi.

Krishtianuda hamma narsa bor edi. U driblingdan foydalanar, tezligi bilan raqiblardan qochib ketar, baland sakray olardi. Ronaldu tufayli qo'rqinchli tushlar ko'rardim, ammo biz bir-birimizning o'yinimizga moslashishga harakat qilib, gohida u, gohida esa men g'olib chiqardim.

Har safar uni ismini eshitsam yoki suratini ko'rsam, u meni 2003/04 mavsumda shpagatga o'tirg'izib ketganini eslayman" - deydi Koul.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com