Eshitdik-da! "Xorazm" Braziliya, Fransiya va Nigeriyadan legionerlar jalb qildi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2026
"Xorazm" jamoasi bir qator legionerlar bilan shartnoma imzoladi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, klub braziliyalik yarim himoyachilar - Rafael Sabino (suratda) va Elzio Lohan, fransiyalik vinger Yanis Leri va nigeriyalik hujumchi Adeleke Akinemini tarkibga qo'shib olgan.

29 yoshli tayanch yarim himoyachisi Sabino o'tgan mavsum Qozog'istonning "Qiziljar"ida harakat qilgan. Faoliyati mobaynida Braziliya va Ukraina jamoalarida to'p tepgan.

24 yoshli markaziy yarim himoyachi Lohan o'tgan mavsum Kiprning "Enosis" jamoasi sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida Braziliya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovinada o'ynagan.

22 yoshli vinger Leri o'tgan mavsum Ispaniyaning "Logrones" jamoasida o'ynagan. Faoliyati mobaynida Fransiya, Lyuksemburg va Ispaniya jamoalarida harakat qilgan.

27 yoshli hujumchi Adeleke Akine o'tgan mavsum Finlyandiyaning "Ilves" jamoasi libosida to'p tepgan. Faoliyati davomida Nigeriya, Kipr, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Latviya, Norvegiya va Chexiya maydonlarida harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia