Eshitdik-da: Turon klubi bosh homiysi jamoani moliyalashtirishni to'xtatmoqda

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2023
Eshitishimizga qaraganda, o'zbek futbolidagi sanoqli xususiy klublardan biri sanalgan Yaypanning Turon futbol klubini moliyalashtirayotgan Turon Eco Cement klub homiyligidan ketish arafasida turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tez orada klub bosh homiysidan ajralishi mumkin. Superligadagi yagona xususiy klub o'zining bosh homiysidan ayrilishiga asosiy sabablardan biri sifatida xususiy klubga beriladigan ma'lum imtiyozlar o'z kuchini yo'qotishi va jamoaning Superligadagi muvafaqqiyatsiz ishtiroki ham bo'lishi mumkin.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia