⚡️ Eshitdik-da! “Torpedo” Erkinov uchun “Paxtakor”ga 220 ming “ko'kida” to'ladi. Tushgan mablag' kimga sarflanishi ham ma'lum

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2022
“Paxtakor” yarim himoyachisi Hojimat Erkinov kecha rasman “Torpedo” (Moskva) klubi a'zosiga aylandi.

21 yoshli futbolchi bilan kelishuv 3 yilga mo'ljallangan.

Saytimiz insayderlaridan biri xabar berishicha, “Paxtakor” Erkinovning transferidan 220 ming dollar ishlab oldi.

Tushgan mablag'ning ma'lum qismi esa “sherlar” bilan shartnomasini bekor qilgan makedoniyalik mutaxassis Slavche Voyneskiga tovon puli sifatida o'tkaziladi.

Rasman: "Torpedo" Erkinov bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia