Eshitdik-da! Sharof Muhitdinov "Paxtakor"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
13 fev 2021
O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi yarim himoyachisi faoliyatini Toshkent klubida davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Sharof Muhitdinov tez orada "Paxtakor" mashg'ulotlariga qo'shiladi va jamoa bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolaydi. Uning "Nasaf" bilan shartnomasi 2020 yil oxirida yakuniga etgandi. 

Eslatib o'tamiz, 11 dekabr kuni saytimizda futbolchiga "Paxtakor" jiddiy qiziqayotgani haqida xabar chiqqandi. Shota Arveladzening jamoani tark etishi bu transfer amalga oshishini biroz cho'zilishiga sabab bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Sharof Muhitdinov "Nasaf" akademiyasi tarbilanuvchisi hisoblanadi va futbolchi qarshiliklar tarkibida turli poziciyalarda o'ynagan. Aslida markaziy yarim himoyachi hisoblangan Muhitdinov bir vaqtning o'zida ham chap qanot himoyachisi, hujumkor vinger va maydon markazida harakatlanishi mumkin.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia