

OFK oxirgi ikkita tur Eron klublarining uy o'yinlarini boshqa davlatga ko'chirdi. Ammo Erondagi vaziyat stabillashayotgani bois noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyingi xalqaro o'yinlar Eronning o'zida bo'lib o'tishi haqida xabarlar chiqa boshlagani va "Istiqlol" - "Paxtakor" uchrashuvi Eronda o'tishi borasida xabar bergan edi.
Biroq olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, ushbu uchrashuv Doha, Dubay yoki Dushanbe shaharlaridan birida bo'ladi. O'yin qayerda o'tishini mezbon jamoa ("Istiqlol") tanlaydi.



