Eshitdik-da: "Paxtakor" va "Qo'qon-1912" o'yinchilariga sal kam 1 oylik chetlatish berildi

Narzulla Saydullayev
7 may 2022, 12:06
"Paxtakor" va "Qo'qon-1912" klubi futbolchilari diskvalifikaciyaga uchrashdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, AGMKga qarshi o'yinlarda qizil kartochka olgan "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Dilshod Rahmatullaev va "Paxtakor" himoyachisi Sherzod A'zamov 3tadan o'yinga chetlatildi.

Eslatib o'tamiz, Rahmatullaev AGMK bilan bahsda maydon markaziga yaqin joyda raqibiga nisbatan qo'pollik qilgani uchun VAR yordamida qizil kartochkaga loyiq ko'rilgandi. A'zamov esa o'tgan turda hakamning qaroriga keskin etiroz bildirgani uchun bir vaziyatning o'zida ikkita sariq kartochka olib maydonni tark etgandi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia