Eshitdik-da! "Olimpik" sardori bilan "Surxon" va "Qizilqum" muzokara o'tkazmoqda

Tolibjon Qosimov
25 dek 2024, 13:45
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Proligaga tushib ketgan "Olimpik" jamoasi sardori Nodir Abdixoliqovga "Surxon" va "Qizilqum" jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Ayni paytda har ikkala jamoa futbolchi va uning vakillari bilan muzokara olib bormoqda. Yarim himoyachining o'zi hali bir qarorga kelmagan.

Ma'lumot uchun, Nodir Abdixoliqov joriy mavsum "Olimpik" tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogida 29ta o'yinda maydonga tushdi hamda 6 ta assist qayd etdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia