

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, associaciya qo'shimcha shifokorlarni jalb etmoqda. Muhim bahsga tayyorgarlik jarayonida terma jamoamizga SSKA klubida faoliyat yurituvchi Eduard Bezuglov va Georgiy Malyakin yordam berishadi. Rossiyalik mutaxassislarning taklif etilishi tibbiy shtab faoliyati mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Eduard Bezuglov - SSKA klubi shifokorlar departamenti boshlig'i va Rossiya terma jamoasining sobiq bosh shifokori. Rossiyadagi eng mashhur sport shifokorlaridan biri.
Georgiy Malyakin - SSKA yoshlar jamoasi bosh shifokori.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvi 5 iyun kuni Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "AL Nahayyon" stadionida o'tkaziladi.




