Eshitdik-da! No'mon Hasanov o'zbek klublaridan biriga bosh murabbiy bo'lishga yaqin

Narzulla Saydullayev
15 apr 2022
"Navbahor" klubi sobiq ustozi Pro ligada ish boshlashga yaqin turibdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, No'mon Hasanov "Yangier" jamoasi boshqaruvini o'z qo'liga olishi kutilmoqda. 10 aprel kuni "Yangier" bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov O'zbekiston kubogi, 1-turi doirasidagi "Andijon"ga qarshi (1:3) bahsdan so'ng o'z xohishiga ko'ra iste'foga chiqqan edi.

No'mon Hasanov 2021 yil mart oyida, Superliganing 1-turidan so'ng "Navbahor"dan ketgani bo'yicha hozirgacha ishsiz edi. Katta ehtimol bilan, Hasanov 20 aprel kuni O'zbekiston kubogi doirasidagi "So'g'diyona"ga qarshi bahsda "Yangier" bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.

Ma'lumot uchun, "Yangier" klubi Pro ligada 5-turdan keyin 1ta g'alaba va 4ta mag'lubiyat qayd etgan holda, 3 ochko bilan 10ta jamoa orasida 9-o'rinni egallab turibdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia