

Biroz avval Farg'onaning "Neftchi" klubi Farruh Sayfiev bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.
"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, o'tgan mavsumni "Navbahor" tarkibida o'tkazgan yana bir futbolchi Jamshid Boltaboev ham farg'onaliklar safini to'ldiradi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishib bo'lishgan. 28 yoshli yarim himoyachi bugun "Neftchi" bilan birga Turkiya yig'iniga uchib ketadi.

Ma'lumot uchun, Boltaboev 2022 yilning iyun oyidan beri "Navbahor" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu kungacha u "lochinlar" safida 8ta gol urib, 16ta assist qayd etgan.



