Eshitdik-da! "Neftchi" yoshlarini chempion qilgan Aziz Alijonov "Bunyodkor"ga o'tmoqda
Alisher
17 dek 2021
Bizga yetib kelgan xabarlarga ko'ra, joriy mavsum U-18 Chempionatida "Neftchi" yoshlari bilan chempionlikni qo'lga kiritgan farg'onalik murabbiy Aziz Alijonov "Bunyodkor" klubida ish boshlashga yaqin turibdi.
Ma'lumotlarga qaraganda Alijonov toshkentliklar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudovning taklifiga ko'ra klub murabbiylar shtabi safiga qo'shiladi.